"Kitob qalblar ziyosi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 19-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va Abduraxmon akademiyasi o'quvchilari bilan hamkorlikda "Kitob qalblar ziyosi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Kitob-milliy uyg'onish, ma'rifat va taraqqiyot yo'lida bizga sodiq do'st ekanligi haqidagi so'z yuritildi. Shuningdek o'zbek adiblarimizning hayoti va ijodini o‘rganish har bir avlod uchun muhim vazifa ekanligi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 30 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.