”Kitob qalb va tafakkur chirog‘i” nomli kitoblar targ’iboti tashkil etildi.
Joriy yilning 03-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda ”Kitob qalb va tafakkur chirog‘i” nomli kitoblar targ’iboti tashkil etildi. Kitob-insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’rifat manbai, qalb va tafakkurni yorituvchi bebaho xazinadir. Kitob mutolaa qilgan insonning dunyoqarashi kengayadi, fikrlash doirasi boyiydi, nutqi rivojlanadi va ma’naviy kamoloti yuksaladi. Zero, kitob o‘qigan inson hech qachon ma’naviy qashshoqlikka yuz tutmaydi. Kitob-tafakkurni charxlaydi, qalbni ezgulikka chorlaydi. Targ’ibotda kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Targ’ibotda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.