”Kitob-oilamizning ma’naviy boyligi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilnin 17-avgust kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman Do’stlik MFY fuqarolari hamkorligida kitobxon onalar va kitobxon yoshlar ishtirokida Oilada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakillantirishga qaratilgan g’oya asosida ”Kitob-oilamizning ma’naviy boyligi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda kitobning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa, oilada kitob mutolaasi madaniyatini shakillantirish farzandlarning fikrlash doirasini kengaytirish nutqini rivojlantirish hamda ma’naviy axloqiy tarbiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadbirning maqsadi –oilalarda kitob mutolaasini targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini shakillantirish maqsadida tashkil etildi.Davra suhbatida kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 11 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.