”Kitob ma’naviyat xazinasi” nomli kitoblar targ’iboti tashkil etildi.
Joriy yilning 03-sentyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Abduraxmon akademiyasi” hamkorligida ”Kitob ma’naviyat xazinasi” nomli kitoblar targ’iboti tashkil etildi. Kitob insonning bilimini boyituvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi va qalbni ezgulikka chorlovchi bebaho ma’naviy xazinadir. Kitob mutolaasi insonni fikrlashga, izlanishga, go’zallik va yaxshilikni qadrlashga o’rgatadi. Kitob targ’ibot tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad-aholi ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda kitobning inson hayotidagi beqiyos o’rnini targ’ib etishdan iboratdir. Zero, kitobga oshno qalb hech qachon ma’naviy zulmatda qolmaydi. Targ’ibotda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Targ’ibotda 23 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.