”Kitob-eng yaqin do’st”mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Joriy yilning 2-aprel kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB hamkorligida 2-aprel ”Xalqaro bolalar kitobi kuni”va mashhur daniyalik ertakchi Xans Kristian Andersenning tavallud topgan kuni munosabati bilan ”Kitob-eng yaqin do’st”mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirdan maqsad bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish,ularni kitobga mehr uyg‘otish,kitobni eng yaqin do‘st sifatida qadrlashga o‘rgatishdan iborat bo’ldi. Shuningdek,ushbu sana mashhur bolalar yozuvchisi-Hans Kristian Andersen tavallud kuni bilan bog‘liqligi alohida ta’kidlandi.O‘quvchilar o‘zlari sevgan kitoblari, ayniqsa Andersen ertaklari haqida fikr almashdilar. Kutubxona mutaxassisi tomonidan bolalar kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib,bolalar yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi. Viktorinalar va savol-javoblar orqali o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlandi.Tadbirda bolalar kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Tadbirda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.