”Kitob bilimlar xazinasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 2-aprel kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida Butun jaxon bolalar kitob kuni va Hans Kristian Andersenning tavallud kuni munosabati bilan ”Kitob bilimlar xazinasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirning maqsadi bolalarda kitob o’qishga mehr uyg’otish bolalar adabiyotini keng targ’ib qilish o’quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirish, ertak va hikoyalar orqali tarbiyaviy ahamiyat berish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida bolalar tamonidan kitob va ertaklar haqida she’rlar , mashhur ertaklar bo’yicha savol-javoblar o’tkazildi. Tadbirda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 29 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.