• paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • 22.11.2021
  • 09:09
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Rahbariyat
    • ish tartibi
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Vikipediya bo`limi
    • Yangiliklar
    • Hisobotlar
  • Elektron kutubxona
  • Kutubxona yangiliklari

"Kitob – bilim va do'stlik manbai" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.


Joriy yilning 28- iyul kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va MMTB tassaruffidagi 2- maktab hamkorligida "Kitob – bilim va do'stlik manbai" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatining asosiy maqsadi bolalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson hayotidagi beqiyos o'rni haqida tushuncha berishdan iborat bo'ldi. Davra suhbati davomida kutubxonachi kitobning bilim olish, dunyoqarashni kengaytirish va ma'naviy kamolotdagi ahamiyati haqida so'z yuritdi. Ishtirokchilar o'zlari sevib o'qigan kitoblar, ertak va hikoyalar yuzasidan fikr almashdilar, sevimli qahramonlari haqida qiziqarli mulohazalar bildirdilar.Shuningdek, bolalar o'rtasida savol-javoblar va topishmoqlar tashkil etildi.Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Davra suhbatida 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi

Jizzax viloyati Paxtakor shahri 
“Do‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 2-a uy

Telefon: +998 93 827-67-10
Email: paxtakor_akm@natlib.uz

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan