"Kimyoni rivojlantirishning dolzarb muammolari'' mavzusida kimyo, biyalogiya fanlariga qiziquvchi o'quvchilar o'rtasida zakovat intelektual o'yini bo'lib o'tdi.
Paxtakor tumani Axborot - kutubxona markazida ,,Barkamol avlod bolalar maktabi’’ bilan hamkorlikda kimyogar olim, jamoat arbobi Obid Sodiqovich Sodiqov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ,,Kimyoni rivojlantirishning dolzarb muammolari'' mavzusida kimyo , biyalogiya fanlariga qiziquvchi o'quvchilar o'rtasida zakovat intelektual o'yini bo'lib o'tdi. Zakovat o’yinida Obid Sodiqovich Sodiqovning hayoti va ijodi, hamda kimyo fanidan qiziqarli savollar berildi. Zakovat intelektual o’yinida 3 ta jamoa ishtirok etdi. O’yin natijalarga ko’ra 1-o’rin – Zukkolar jamoasi 2-o’rin- Aristokratlar jamoasi 3-o’rin- Yoshlar jamoasi egalladi. Zakovat o’yinida 18 nafar ishtirokchi qatnashdi.