"Jaholatga qarshi ma’rifat "mavzusida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 20-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va oqila ayollar harakati hamkorligida Paxtakor tumani Suvonobod MFYda joylashgan 15-maktabda "Jaholatga qarshi ma’rifat "mavzusida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi. Ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish,ekstremistik mafkuraning yoshlar ongi va qarashlariga salbiy ta'sirini oldini olish,aqidaparastlik va radikalizm ta’siridan asrash hamda ularda sog‘lom dunyoqarashni mustahkamlash bo‘yicha ma'naviy-ma'rifiy suhbat olib borildi.Davra suhbatida kitob mutolaasining o‘rni, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. 📖 Kutubxona mutaxassislari tomonidan mutolaa qilayotgan kitoblari haqida fikr almashib, sevimli asarlaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.Davra suhbatida 30 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.