"Jadidlar-Millat ma'rifati va taraqqiyoti yo'lida" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 7-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va Abduraxmon akademiyasi o'quvchilari bilan hamkorlikda "Jadidlar-Millat ma'rifati va taraqqiyoti yo'lida" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Jadidlar - XlX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg'onish, ma'rifat va taraqqiyot g'oyalari ilgari surgan ziyolilar xarakatidir. Ular yangi usuldagi maktablar ochish, bolalarga zamonaviy bilim berish uchun katta xarakat qildilar. Ular Maxmudxo'ja Bexbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov jadidchilik xarakatining mashhur nomoyondalaridir. Shuningdek ularning xotirasini asrash, hayoti va ijodini o‘rganish har bir avlod uchun muhim vazifa ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ularning nomlari xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.