"Jadidlar merosi- millat faxri" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 16-sentyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tassarufidagi 4- maktabning 7-sinf o'quvchilari bilan hamkorligida " Jadidlar merosi- millat faxri" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida jadidlar bizga ilmning kuchini, ma’rifatning buyuk ahamiyatini va Vatan ravnaqi uchun fidoyilik bilan xizmat qilish kerakligini o‘rgatishi, hamda ularning boy ma’naviy merosi bugungi avlod uchun ham bebaho maktab ekanligi haqida kutubxona mutaxassisi tomonidan aytib o'tildi. Shuningdek ularning xotirasini asrash, hayoti va ijodini o‘rganish har bir avlod uchun muhim vazifa ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ularning nomlari xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 20 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.