”Jadidlar merosi-kelajak poydevori” nomli zakovat intellektual o’yin tashkil etildi.
Joriy yilning 30-aprel kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va MMTB hamkorligida Payshanba "Yoshlar kuni" munosabati bilan ”Jadidlar merosi-kelajak poydevori” nomli zakovat intellektual o’yin tashkil etildi. Zakovat jadidchilik harakati tarixini o‘rganish, ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosini targ‘ib qilish, yoshlar ongida milliy o‘zlik va ma’naviyatni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Zakovatda jadidchilik harakatining kelib chiqishi va rivoji, mashhur jadid namoyandalari, jadidlarning ta’lim, matbuot va teatr sohasidagi faoliyati, o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy muhit, jadidlarning mustaqillik va taraqqiyot g‘oyalari haqida savollar qаmrab oldi. Zakovat 2 bosqichda o’tkazildi. Ishtirokchilar faol ishtirok etib, yuqori bilim va zukkolikni namoyon qildilar.