"Jadidlar merosi-kelajak poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 3-iyun kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorlikda "Jadidlar merosi-kelajak poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida jadidchilik harakati namoyandalari qoldirgan boy ma’naviy va ilmiy merosni o’rganish hamda uni yoshlar ongiga sindirishga bag’ishlanadi. Jadidlar o’z davrida xalqni jaholatdan chiqarish, ilm-ma’rifatni yoyish, milliy uyg’onishni ta’minlash yo’lida katta xizmat qilganlar. Ularning ilm-ma’rifatga asoslangan g’oyalari bugungi kunda ham dolzarb bo’lib, yoshlar uchun mustahkam ma’naviy poydevor vazifasini bajaradi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 23 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.