”Jadidlar harakati kecha va bugun” nomli Zakovat intelektual o’yini tashkil etildi.
Joriy yilning 15-iyun kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida ”Jadidlar harakati kecha va bugun” nomli Zakovat intelektual o’yini tashkil etildi. Bugungi kunda jadidlar merosi Yangi O’zbekiston taraqqiyoti, ta’lim va ma’naviyat rivojiga muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ularning ilm-fan, ma’rifat vatanparvarlik haqidagi g’oyalari yoshlarni bilim olishga , mustaqil fikirlashga va yurt ravnaqiga hi qo’shishga undaydi. Ushbu intelektual o’yin yoshlarning tarihiy bilimlarini boyitish, mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish va jadidlar merosini keng targ’ib etishga hizmat qiladi. Zakovatda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Zakovat ikki bosqichda o’tkazildi. Ishtirokchilar faol ishtirok etib , bilim va zukkoliklarini namoyon qildilar. Natijalar bo’yicha ”Mash’ala” jamoasi g’olib deb topildi. Zakovatda 14 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.