"Intellekt — bilim va ma'rifat kaliti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 4-avgust kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va Smart o'quv markazi hamkorligida "Intellekt — bilim va ma'rifat kaliti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatining asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatni rivojlantirishdan iborat bo'ldi. Davra suhbatida intellektni rivojlantirishda mutolaaning ahamiyati, zamonaviy bilimlarni egallash, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish masalalari va buyuk allomalarimizning ilm-fan va ma'rifatga oid fikrlari hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so'z yuritildi.Davra suhbati yakunida bilim olish, kitob mutolaasini muntazam yo'lga qo'yish va intellektual salohiyatni oshirish har bir insonning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim omil ekani alohida ta'kidlandi. Davra suhbatida kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Davra suhbatida 22 nafar