”Ijodkorlikning sirli olami” nomli uchrashuv bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 8-sentabr kuni ”Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida ”Ijodkorlikning sirli olami” nomli uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi ijodkor Maxfirat To’xtasheva va yosh ijodkor Charos Mustafaqulova ishtirok etishdi. Uchrashuvda ijodkorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqat yaratilib ishtirokchilarga ilhom va yangi bilimlar berildi. Uchrashuvda ayol ijodkorlarning adabiyotdagi o’rni va ijodiy yo’li, she’riyatda zamonaviy mavzularning talqini, kitobxonlikning yoshlar tarbiyasidagi ro’li haqida suhbat bo’lib, ochiq savol javoblar fikr almashinuvlar bo’lib o’tdi. Ijodkorlar o’z ijodidan she’rlar o’qib berishdi. Ishtirokchilar ham o’z yoqtirgan she’rlarini o’qib berishdi. Uchrashuvda Paxtakor tumani ijodkorlari kitoblari ko’rgazmasi tashkil etildi. Uchrashuvda 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.