i Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jamoada ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda xodimlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida kutubxona rahbari boshchiligida kutubxona mutaxassislari ishtiro
Joriy yilning 30- iyul kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jamoada ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda xodimlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida kutubxona rahbari boshchiligida kutubxona mutaxassislari ishtirokida sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada kutubxona mutaxassislari ikki guruhga bo'linib, jamoalar o'rtasida do'stona va qiziqarli bellashuvlar o'tkazildi. Ishtirokchilar sportning turli yo'nalishlari bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa dasturidan skakalka sakrash, yugurish hamda "O'rtaga tushish" kabi jamoaviy va harakatli sport shartlari o'rin oldi. Har bir jamoa belgilangan shartlarni faol va uyushqoqlik bilan bajarib, o'zaro hamjihatlik, chaqqonlik va epchillikni namoyon etdi.