”Huquq bilag’onlari” nomli zakovat intellektual o’yin tashkil etildi.
Joriy yilning 8-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va Paxtakor tuman MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida ”Huquq bilag’onlari” nomli zakovat intellektual o’yin tashkil etildi. O’yin 2 bosqichda o’tkazildi. Zakovatda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asoslari, bola huquqlari va majburiyatlari, etika va axloqiy me’yorlar haqida savollar berildi. Natijalar bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi.
1-o‘rin – ”Taraqqiyot” jamoasi,
2-o‘rin – "Mash’ala” jamoasi,
3-o‘rin – ”Ma’rifatchilar” jamoasi.
Zakovatda huquqqa oid va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti kitoblari ko’rgazmasi tashkil etildi. Zakovat o’yinida 22 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.