”Huquq barchaga teng” mavzusida davra suhbat tashkil etildi.
Joriy yilning 15-sentabr kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ”Huquq barchaga teng” mavzusida davra suhbat tashkil etildi. Davra suhbatida o’quvchilar va huquq o’qituvchilar ishtirok etdi. Davra suhbatining asosiy maqsadi – inson huquqlari haqida tushuncha berish, huquqiy bilimlarni oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda fuqarolarning o‘rni haqida fikr almashishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar turli savollar bilan murojaat qilishdi, jumladan, mehnat huquqlari, ta’lim olish erkinligi, ayollar va yoshlarning huquqlari haqida qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida huquqqa oid kitoblar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti kitoblari ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 17 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.