”Hunarli yigit” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 26-yanvar kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorligida yangi kelgan o’zbek xalq ertaklaridan ”Hunarli yigit” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. ”Hunarli yigit” kitobi o’zbek xalqining azaliy tarbiya an’analari asosida yozilgan bo’lib, unda erkak kishining jamiyat va oiladagi o’rni yoritiladi. Asarda hunarli bo’lish, halol mehnat qilish, mas’uliyat, sabr-toqat va vatanparvarlik kabi fazilatlarni ulig’laydi. Tadbir davomida bolalarga oid kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Taqdimotda 13 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.