“Hosil bayrami ” bo’lib o’tdi
Joriy yilning 04 noyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda “Hosil bayrami ” bo’lib o’tdi tadbir davomida Isoqjon Nishonovning ”Sehrgarning uzugi” nomli kitobi taqdimoti ham bo’lib o’tdi . Asarda muallif sehr , mo’jiza va orzular olami orqali ezgulik , halollik , do’stlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni targ’ib qiladi . Bu asar yosh o’quvchilarning tasavvurini boyitadi , hayotiy saboqlar beradi va o’qishga qiziqishini oshiradi . Taqdimotda yangi kelgan kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi . Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi . Taqdimotda 32 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.