”Halima Xudoyberdieva ijodi-qalb taronasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 25-may kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani 2-sonli tehnikum hamkorligidaO’zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdievaning tavalludi va 71-yilligi munosabati bilan ”Halima Xudoyberdieva ijodi-qalb taronasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Shoira yoshligidan badiiy adabiyotga qiziqib, she’r yozishni erta boshlagan. 1972-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan, keyinchalik Moskvadagi Adabiyot inistitutida ham tahsil olgan U uzoq yillar ”Saodat” jurnalida faoliyat yuritib, jamiyat hayotida ham faol ishtirok etgan. Halima Xudoyberdieva o’zbek she’riyatida ayol ruhiyati va milliy qadriyatlarni chuqur ifodalagan ijodkor sifatida katta o’rin egallagan. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 11 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.