”Giyohvandlikka qarshi kurash-sog’lom kelajak uchun” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 27- fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 8-13-maktablar hamkorlikda ”Giyohvandlikka qarshi kurash-sog’lom kelajak uchun” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Giyohvandlik inson salomatligi , oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug’diruvchi illatligi uning salbiy oqibatlari , sog’lik uchun zarar ekanligi , oila va jamiyatga ta’siri kelajak uchun xavfi va uning oldini olish choralari haqida o’quvchilarga keng tushunchalar berib o’tildi. Giyohvandlikka qarshi kurash-faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas , balki butun jamiyatning mas’uliyatidir. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 14 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.