”Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 24-iyun kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorligida ”Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Bugungi kunda yoshlarni giyohvandlikdan asrash, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va kitobxonlikka jalb etish muhim vazifalardan hisoblanadi. Giyohvandlik-inson salomatligi, oilalar tinchligi va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug’diruvchi illatlardan biridir. Davra suhbatining maqsadi-giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushunchalar berish, soglom turmush tarzini targ’ib qilish hamda yoshlar o’rtasida bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirishdir. Davra suhbatida 17 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.