"Giyohvandlik umr zavoli" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 22-sentyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda MMTB tassarufidagi 4- maktabning 7-sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda " Giyohvandlik umr zavoli" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Giyohvandlik - inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug'diruvchi illatdir. Giyohvandlikning salbiy oqibatlari, asab tizimi, yurak - qon tomir va ichki a'zolarining zararlanishi, ruhiy tushkunlik va xulq-atvor buzulishi OITS, gepatit kabi yuqumli kasalliklar xavfi haqida savol javoblar bo'lib o'tdi. Shuningdek oila va jamiyatga ta'siri, jinoyatchilikning ortishi, yoshlar salomatligining izdan chiqishi kabi salbiy oqibatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida aytib o'tildi. Davra suhbatida 2 nafar o'qituvchi va 20 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.