”Giyohvandlik-umr kushandasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 26-may kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorlikda ”Giyohvandlik-umr kushandasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Giyohvandlik inson salomatligi , oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug’diruvchi illatligi uning salbiy oqibatlari sog’lik uchun zarar ekanligi , oila va jamiyatga ta’siri kelajak uchun xavfi va uning oldini olish choralari haqida o’quvchilarga keng tushunchalar berib o’tildi. Giyohvandlikka qarshi kurash-faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas , balki butun jamiyatning ma'suliyatidir. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 23 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.