”Gerb-Vatan sha’ni va g’ururi timsoli”nomli ma’naviy va musiqiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 2-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorligida ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida 2-iyul-O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan ”Gerb-Vatan sha’ni va g’ururi timsoli”nomli ma’naviy va musiqiy tadbir tashkil etildi. Davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Gerbimiz yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat,milliy iftixor va sadoqat tuyg’ularini mustahkamlashga hizmat qiladi.Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbidagi har bir tasvir va har bir rang o’ziga xos ma’nolarni anglatishi haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Tadbirda qonunchilikka oid kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 24 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.