”Gender tenglik taraqqiyot kafolati” mavzusida insholar tanlovi bo’lib o’tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 11-noyabrdagi 77-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 2 dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi maktablar hamda ma’naviyat bo’limi hamkorligida ”Gender tenglik taraqqiyot kafolati” mavzusida insholar tanlovi bo’lib o’tdi. Gender tenglik-bu erkaklar va ayollar hayotning barcha sohalarida teng huquq , teng imkoniyatlar va teng sharoitga ega bo’lishidir. Tanlov qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi . Tanlov so’ngida inshoni mazmunli yozgan o’quvchilar diplomlar bilan taqdirlandi. Tanlovda 41 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.