G’afur G’ulom tavalludining 123 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkil qilindi.
Joriy yilning 12-may kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va va MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida buyuk oʻzbek yozuvchisi va shoiri G’afur G’ulom tavalludining 123 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkil qilindi. Zakovat o’yini Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodini targ’ib qilish, yoshlarning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi. Zakovat davomida ishtirokchilar Gʻafur Gʻulomning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti hamda umumiy bilimlar yo‘nalishida o‘zaro bellashdilar. Zakovat 2 bosqichda o’tkazildi. Ishtirokchilar faol ishtirok etib, yuqori bilim va zukkolikni namoyon qildilar. Zakovatda ”Taraqqiyot"” jamoasi g’olib deb topildi. Zakovatda 18 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.