”Favqulotda vaziyatlar ” bo'limi bilan hamkorligida yangi kelgan kitob ”Jorj Armstrong” ning ”Qora pul imperiyasi” nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 13-oktyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Favqulotda vaziyatlar ” bo'limi bilan hamkorligida yangi kelgan kitob ”Jorj Armstrong” ning ”Qora pul imperiyasi” nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur asar 1940 yilda yozilgan bo'lib, unda jahon pul tizimi va uning ortidagi yashirin kuch haqida so'z boradi. ”Qora pul imperiyasi ” bu shunchaki iqtisodiy tahlil emas. Bu kitob pul orqali dunyo taqdiri qanday belgilanishini, kimlar hokimyatga ega ekanini va hayotimizga tasir o'tkazuvchi noyob mexanizmlarni ochib beradi. Taqdimotda yangi kelgan kitoblar ko`rgazmasi ham tashkil etildi. Taqdimotda 13 nafar ishtirokchi qatnashdi.