”Ertaklar olamiga sayohat” nomli davra suhbat tashkil qilindi.
Joriy yilning 16-aprel kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va DMTT hamkorligida VI Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida ”Ertaklar olamiga sayohat” nomli davra suhbat tashkil qilindi. Davra suhbati bolalarda kitob va ertaklarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kutubxonaga mehr uyg‘otish, yaxshi fazilatlarni shakllantirish maqsadida tashkil qilindi. Kutubxonachi bolalarni kitoblar olami bilan tanishtirib, ertaklar inson hayotidagi o‘rni haqida qisqacha ma’lumot berdi. So‘ngra bolalar bilan davra suhbati boshlandi. Ularga sodda va qiziqarli savollar berildi. Davra suhbati davomida bolalar she’r va qo’shiqlar aytishdi. Kutubxonadagi rang-barang kitoblar va ertaklar bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday davra suhbatlari bolalarni kitobga oshno etishda va ularning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davra suhbatida ertak kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Davra suhbatida 26 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.