• paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • 22.11.2021
  • 09:09
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Rahbariyat
    • ish tartibi
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Vikipediya bo`limi
    • Yangiliklar
  • Elektron kutubxona
  • Kutubxona yangiliklari

Durov Telegram’dagi rasmiy reklamalarni o‘chirish pulli bo‘lishini e'lon qildi


Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya unchalik qimmat bo‘lmagan obuna shaklida rasmiylashtiriladi. 

Foto: Aleksey Zotov/TASS

Noyabrda Telegram’dagi rasmiy reklamalarni o‘chirishning pulli funksiyasi ishga tushadi, deb ma'lum qildi messenjer asoschisi Pavel Durov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya unchalik qimmat bo‘lmagan obuna shaklida rasmiylashtiriladi. 

Durovning qayd etishicha, ayrim foydalanuvchilar o‘z kanallaridagi reklama e'lonlarini "o‘chirib qo‘yish"ni istaydi. Hozirda messenjer ma'muriyati bu opsiyaning iqtisodiy shartlarini ko‘rib chiqmoqda.

26 oktyabr kuni tarmoq asoschisi Pavel Durov endilikda o‘quvchilarga xalaqit bermaydigan ko‘rinishda reklamalar berib borilishini e'lon qilgandi.

Ma'lumot berilishicha, reklama xabarlarining uzunligi 160 ta belgidan oshmaydi, ularda fotosuratlar va boshqa saytlarga havolalar bo‘lmaydi. Reklama kanaldagi barcha yangi xabarlar ko‘rib bo‘linganidan keyin paydo bo‘ladi. 5 noyabrga o‘tar kechasi shunday reklamaning birinchisi paydo bo‘ldi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi

Jizzax viloyati Paxtakor shahri 
“Do‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 2-a uy

Telefon: +998 93 827-67-10
Email: paxtakor_akm@natlib.uz

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan