”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz “ shiori ostida ”Shijoatli qizlar-yorqin kelajak” mavzusida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 10-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda ”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz “ shiori ostida ”Shijoatli qizlar-yorqin kelajak” mavzusida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida kitobxon qizlarimizga Xalqaro qizlar kuni-bu qizlarga shijoat va ishonch beradigan kun ekanligi haqida keng tushunchalar berib o'tildi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 11-oktyabr Xalqaro qizlar kuni deb e'lon qilingan va 2012-yildan boshlab nishonlanib kelinmoqda. Davra suhbatida kutubxonamizga kelgan yangi kitoblar ko`rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi qatnashdi.