”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz “ shiori ostida "Orzu qanotida" mavzusida ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
🌿Joriy yilning 10-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz “ shiori ostida "Orzu qanotida" mavzusida ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 🌿 Tadbirda qiz bolalarning huquqlarini himoya qilish ularning duch keladigan muammolariga e'tibor qaratish , ta'lim olish imkoniyatlari , va teng huquqli jamiyatda o'sishlarini ta'minlash uchun jahon hamjamiyatlarining etiborini jalb qilish haqida maruzalar eshittirildi .Tadbirda o'quvchi qizlarimizga tarbiyaga va ilmga oid keng tushunchalar berib o'tildi va ularni qiziqishlari bilan fikr almashdilar. 🌿Tadbir Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi, Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 9-maktab, Paxtakor tumani xotin qizlar qomitasi hamda tuman ma'naviyat bo'limi, tumanimiz yozuvchi va shoiralari hamkorligida bo'lib o`tdi. Tadbirda 100 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etdi.