”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!”
Joriy yilning 10-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida 11-oktabr ”Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan ”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida kitobxon qizlar ishtirokida Obiddin Mahmudovning ma’rifiy ”Farzandnoma” asar taqdimoti o’tkazildi. Taqdimotda axborot- kutubxona markazi mutaxassisi ”Farzandnoma” asari yetti fasldan iborat bo’lib, bu fasllarda insondagi yetti fazilat va noqislik , oqil ota , dono ustoz va qobil farzand savol- javoblari, chin do’stning xislatlari, ota-ona va ustozlarning tarbiya bobidagi mazmundor fikrlari, ota-ona duosini olgan qobil farzand xislatlari , dono va zukko yosh avlodning ertangi nurafshon hayoti latofat bilan bayon qilingani aytildi. Taqdimotda ”Tarbiya kitob”lari ko’rgazmasi tashkil etildi. Taqdimotda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.