”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!”
Joriy yilning 9-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va ”Do’stlik” MFY hamkorligida 11-oktabr ”Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan ”Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida yosh ijodkor qizlar bilan iliq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda adabiyot, san’at, jurnalistika, dizayn va boshqa ijodiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan iqtidorli qizlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yosh ijodkorlar o‘z ijod namunalari — she’r, hikoya, qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi. Ishtirokchilar tinchlik, bag‘rikenglik, ezgulik va ayollar faolligi mavzularida suhbat olib bordi. Uchrashuv yakunida faol qatnashgan qizlar ishonch yorliqlar bilan taqdirlandi. Uchrashuvda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.