dolzarb_90_kun
Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va ”Smart” o’quv markazi bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy she’riyati” nomli davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbati buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodining o’zbek adabiyoti va ma’naviyatidagi o’rni haqida suhbat yuritish, yoshlar qalbida milliy g’urur va adabiyotiga muhabbat uyg’otish maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida o’quvchilar Alisher Navoiy ijodiga bo’lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Davra suhbatida Alisher Navoiy asarlarining ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 27 nafar ishtirokchi qatnashdi.