”Do’stlik” ordeni sohibasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ”Zulfiya-ayol qalbining tarannumi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 2-mart kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida "Ayollarni e'zozlash" oyligi doirasida O’zbekiston xalq shoirasi, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi, ”Do’stlik” ordeni sohibasi
Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ”Zulfiya-ayol qalbining tarannumi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga xurmat, Vatanga muhabbat, ayol zotiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir kirish so‘zi bilan boshlandi. Unda shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Zulfiyaxonimning she’rlari ifodali tarzda yoddan aytildi. Shoira she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida baxrubayt musobaqasi ham tashkil etildi.Tadbirda Zulfiyaxonim kitoblari ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 35 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.