📢 DIQQAT, TANLOV!
📢 DIQQAT, TANLOV!
📚 Joriy yilning 17-fevral sanasidan boshlab
“Eng yaxshi abonementlar sektori, ma’naviy-ma’rifiy hamda elektron o‘quv zali va elektron resurslardan foydalanish sektori”
tanloviga start berildi!
🔎 Tanlov shartlari:
1️⃣ Ma’naviyat, kitobxonlik, vatanparvarlik hamda milliy qadriyatlar mavzusida o‘tkazilgan tadbirlar (tadbir ssenariysi, foto va video materiallar bilan taqdim etiladi).
2️⃣ Foydalanuvchilarning qiziqish va so‘rovlarini o‘rganish.
3️⃣ Kitobxonlar talabnomalarining tezkor bajarilishini ta’minlash.
4️⃣ Foydalanuvchilarga yuqori darajada axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish.
📅 Tanlov natijalari joriy yilning 15-dekabr sanasida umumlashtiriladi.
🏆 Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
👥 Tashkilotchi: Viloyat axborot-kutubxona markazi
👤 Ishtirokchilar: Tuman axborot-kutubxona markazlarining tegishli bo‘limlari
✨ Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!