🔊Diqqat Diqqat aziz kitobxonlar yangi che'lendj 🌸📚 “Navroʻz ilhomi” ijodiy che’lendji! 🌿
🔊Diqqat Diqqat aziz kitobxonlar yangi che'lendj
🌸📚 “Navroʻz ilhomi” ijodiy che’lendji! 🌿
Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi AKT bo‘limi tomonidan Navroʻz bayrami munosabati bilan ijodiy che’lendj e’lon qilinadi.
✨ Che’lendjda quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etishingiz mumkin:
📖 She’r yo‘nalishi – Navro'z bayrami haqida she’r o‘qish yoki o‘zingiz yozgan she’rni taqdim etish.
🎶 Qo‘shiq yo‘nalishi – Navroʻzga bag‘ishlangan milliy va bayramona qo‘shiqlarni ijro etib videoga olib yuborish.
🎬 Videorolik yo‘nalishi – 1–3 daqiqalik videorolik tayyorlab,unda Navroʻz an’analari,milliy qadriyatlar, kitob va bahor uyg‘unligini namoyish etish.
📌 Ishtirok etish shartlari:
• Tayyorlangan video, she’r yoki qo‘shiqni kutubxonamizning #AKMPAXTAKOR telegram gruppasiga yuborish
🎁 Eng ijodkor va faol ishtirokchilar kitoblar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📅 Che’lendj muddati: 11-martdan–21martgacha
📍 G‘oliblar kutubxona Telegram sahifasida e’lon qilinadi.
🌷Keling,Navroʻzni xursandchilik bilan qarshi olaylik!