Davra suhbati yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, ularni internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan ogoh etish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Joriy yilning 18-mart kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida ”Yoshlar va kiberxavfsizlik: xavfsiz internet sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, ularni internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan ogoh etish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida tuman hokimi o‘rinbosari Fazliddin Qo‘ldoshev hamda mahalla yoshlar yetakchisi ham ishtirok etib, kiberxavfsizlik tushunchasi va uning ahamiyati, internetdagi tahdidlar, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari haqida ma’lumotlar berdi.Davra suhbati davomida kutubxona mutaxassisi tomonidan Pirimqul Qodirovning ”Akramning sarguzashtlari” kitobi targ’iboti o’tkazildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Davra suhbatida 90 dan oshiq ishtirokchi ishtirok etdi.