"Davlat tili - milliy iftixorimiz" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
21-oktabr “Kitobsevar millat” shiori ostida Paxtakor tumani hokimligi, MMTB tasarrufidagi maktablari, Barkamol avlod bolalar maktabi, Musiqa va san`at maktabi, Madaniyat markazi bilan hamkorlikda 2025-yil 21-oktabr ”O’zbek tili bayram kuni” munosabati bilan "Davlat tili - milliy iftixorimiz" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar ona tili ahamiyati to‘g‘risida sahna ko`rinish va turli xil qo`shiq va raqslar ijro etishdi. Tadbirda axborot-kutubxona markazi "Davlat tili - milliy iftixorimiz" nomli kitoblar ko'rgazmasi bilan qatnashdi. Tadbirda 120 ta ishtirokchi ishtirok etdi.