"Davlat standartlariga muvofiq kitoblarga ishlov berish" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.
29- iyul Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati tomonidan "Davlat standartlariga muvofiq kitoblarga ishlov berish" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. Mahorat darsida axborot-kutubxona markazi mutaxassislariga: ☘️- Kitoblarga ilmiy va texnik ishlov berilishi; ☘️-Tavsif tuzishda tinish belgilar va matematik belgilari; ☘️- Bibliografik tavsifda qaysi sohalar kirganligi; ☘️- Maqolalarga analitik tavsif tuzishda qo'llaniladigan standartlar; ☘️-Maqolalarga tavsif yoziyotganda tushunmagan joylariga tushunchalar berildi. Mutaxassislar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirda 7 nafar mutaxassis ishtirok etdi.