”Davlat ramzlari-millat iftihori” nomli ma’naviy va musiqiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 2-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Madaniyat va ma’naviyat bo’limlari hamkorligida 2-iyul-O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan ”Davlat ramzlari-millat iftihori” nomli ma’naviy va musiqiy tadbir tashkil etildi. Davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Gerbimiz yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy iftixor va sadoqat tuyg’ularini mustahkamlashga hizmat qiladi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbidagi har bir tasvir va har bir rang o’ziga xos ma’nolarni anglatishi haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Davlat gerbi O’zbekiston xalqining tinchliksevarligi, mehnatsevarligi, erkinlikka intilishi va porloq kelajakka bo’lgan ishonchini o’zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. Tadbirda qonunchilikka oid kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 21 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.