“Bolalikning oltin onlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-iyun kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tassaruffidagi 2- maktab hamkorligida “Bolalikning oltin onlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatining asosiy maqsadi bolalarda bolalikning qadr-qimmati, baxtli damlarning ahamiyati, kitobxonlik madaniyati va do‘stlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining eng quvonchli bolalik xotiralari, oilada va maktabda o‘tkazgan unutilmas onlari haqida fikr almashdilar. Bolalar sevimli kitoblari, ertak qahramonlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yo‘llari haqida so‘zlab berdilar. Davra suhbat davomida bolalikning beg‘ubor va baxtli davr ekanligi, ota-ona mehri, do‘stlar bilan o‘ynash, bilim olish va kitob mutolaa qilish inson hayotida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.