”Bolalar qalbining kuychisi Xudoyberdi To’xtaboev” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi
Joriy yilning 6-yanvar kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida ”Bolalar qalbining kuychisi Xudoyberdi To’xtaboev” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.Xudoyberdi To’xtaboev butun ijodini bolalar dunyosi , ularning orzu-armonlari, quvonch va tashvishlarini tasvirlashga bag’ishlagan. Shu sababli u ”bolalar qalbining kuychisi” deb etirof etiladi. Uning asarlari orqali har bir bola o’zini ko’ra oladi, xulosa chiqarib yaxshilikka intiladi. Davra suhbatida Xudoyberdi To’xtaboev kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi . Davra suhbatida 26 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.