“Birinchi Prezident xotirasi millat qalbida”shiori ostida xotira kechasi tashkil etildi.
Joriy yilning 30-yanvar kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi MMTB tassarufidagi 2- maktab hamkorligida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan“Birinchi Prezident xotirasi millat qalbida”shiori ostida xotira kechasi tashkil etildi.Xotira kechasida kutubxona mutaxassisi tomonidan Birinchi Prezidentimizning hayot yo‘li, davlat va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berildi. Islom Karimovning xalq farovonligi,yurt ravnaqi va davlat mustaqilligini mustahkamlash borasidagi xizmatlarini alohida ta’kidlab o’tildi.Xotira kechasida o‘quvchilar tomonidan she’rlar o‘qildi, hikmatli so‘zlar keltirildi hamda hayoti va faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. Xotira kechasida Islom Karimov kitoblari ko’rgazmasi tashkil etildi. Xotira kechasida 32 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.