Bilim sari yo'l ” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
7-oktyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida o’tkazilayotgan tadbirlarni samarali o'tkazish maqsadida“ Bilim sari yo'l ” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🍀 Seminar-treningni axborot-kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati rahbari Z.Maxamadaminova, fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmat rahbari D.Haydarova,abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish rahbari M.Kunisheva olib borishdi. Axborot bibliografiya xizmat rahbari Z.Maxamadaminova,“Bilim sari yo'l ”mavzusida maruza o'qib berdi.Kutubxona mutaxassislarini kutubxonaga oid meyoriy hujjatlar bilan tanishtirib o'tdi.
🍀Kutubxonada tadbirlarni togri o'tkazish,hamkor tashkilotlarni jalb etish, tadbirlarni o'tkazish bo`yicha ma'lumotlar berdi.
🍀Fondlarga ishlov berish Kutubxona mutaxassislari kutubxonaga kelayotgan yangi adabiyotlarga ilmiy va texnik ishlov berish hamda kortatekalar yozishni tushunib olishdi. Tadbirda 12 nafar ishtirokchi qatnashdi.