Behbudiy xotirasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 21-yanvar kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Maxmudxo’ja Behbudiyning 151 yillik munosabati bilan “Millat uchun yashagan zot: Behbudiy xotirasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijodi hamda millat ravnaqi yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan allomaning publitsistik va dramaturgik merosi, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, jadidchilik g‘oyalarining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Davra suhbati yakunida yil davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga diplom topshirildi. Bu e’tibor o‘quvchilarni milliy qadriyatlarimizni chuqur o‘rganishga va ma’naviy merosimizga hurmat ruhida kamol topishga undadi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi