”Behbudiy merosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 25-sentabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Maxmudxo’ja Behbudiyning 150 yillik munosabati bilan ”Behbudiy merosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida kutubxona mutaxassisi tomonidan Behbudiy hayoti va ijodi, fidokorona faoliyati, maʼrifat yo‘lidagi xizmatlari va bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan ijodiy merosi haqida fikrlar bildirdi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar Behbudiy merosini chuqur o’rganish va uni keng targ’ib qilish bo’yicha takliflar berdilar. Davra suhbatida Mahmudxo’ja Behbudiyning kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi qatnashdi.